22:22 / 04.10.2022
2 138

Toshkentda bir nechta o‘g‘riliklarni sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda

Toshkentda bir nechta o‘g‘riliklarni sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda
Foto: Telegram
Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 1991 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan A.B. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Guliston» MFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahri Chilonzor-12 mavzesida vaqtincha yashab kelgan.

1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Sanchiqul QFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.

1979 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Sh.B. Toshkent shahri Yunusobod tumani 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.

Ushbu shaxslar haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Siz haqingizdagi ma’lumot sir saqlanishi kafolatlanadi, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat