09:59 / 05.10.2022
1 242

Toshkentda isitish tizimi narxlari tasdiqlandi

Toshkentda isitish tizimi narxlari tasdiqlandi
Issiqlik ta’minoti tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra aholi va tadbirkorlar uchun narxlar o‘zgarmaydigan bo‘ldi.

Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022-2023 yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Jismoniy shaxslar shuningdek kichik, o‘rta va yirik biznes uchun tariflar avvalgi holda qoladi.

Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagicha:
  • aholi uchun - 91 960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);
  • kichik, o‘rta va yirik biznes uchun - 141 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).

Budjet tashkilotlari uchun chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil qiladi. Ushbu tarif e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 21 oktabrda kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini 2022 yil 1 iyuldan boshlab Fransiyaning Veolia kompaniyasiga tegishli «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XKning sho‘’ba kompaniyasi 30 yil davomida boshqaradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat