06:00 / 06.10.2022
1 113

Toshkentdagi bozorda 63 ta toshbaqa noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

Toshkentdagi bozorda 63 ta toshbaqa noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod ixtisoslashgan bozorida ayrim shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda Qizil kitobga kiritilgan noyob turdagi qushlar va hayvonlar sotilayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tarmoqdagi xabar yuzasidan qo‘mita inspektorlari hamda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruh holatni joyiga chiqib o‘rgangan.

Reyd tadbiri davomida davlat inspektorlari tomonidan 3 ta holatda noqonuniy ravishda sotilayotgan jami 63 ta toshbaqa tegishli tartibda olingan va qonuniy to‘xtamga kelingunga qadar vaqtinchalik Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan ushbu noyob hayvonlarni qonunga zid ravishda sotayotgan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida huquq tartibot idoralariga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi bozorda 63 ta toshbaqa noqonuniy sotilayotgani aniqlandi