15:57 / 06.10.2022
2 960

Namanganda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi (video)

Namanganda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi (video)
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda «o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklashdi» mazmunida video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan.

O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan, qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratgan.

«Ayni vaqtda mazkur holat Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi (video)