date

12 yoshli amerikalik qiz adashib yarim marafonni yugurib o‘tdi

12 yoshli amerikalik qiz adashib yarim marafonni yugurib o‘tdi

24-aprel kuni amerikalik 12 yoshli Liadianez Rodriges Nyu-Yorkdagi yarim marafon doirasida besh kilometrlik masofaga yugurish uchun ro‘yxatdan o‘tdi, ammo u start vaqtini 15 daqiqaga adashtirib yuborib, yarim marafon ishtirokchilari bilan uzun masofaga yugurib ketdi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Masofaning yarmini bosib o‘tganidan keyingina xatosini tushungan qiz, shunga qaramay, marafonni oxiriga etkazishga qaror qildi. Natijada u rejalashtirganidan 16 kilometrga ko‘proq yugurdi. Bunga Liadianez 2 soat 43 daqiqa sarfladi.

Qizning onasi besh kilometrlik masofa finishida Liadianezni topa olmay, polisiyaga murojaat qildi. Polisiya xodimlaridan biri qizni topishga yordam berdi. Onasi etib kelganida Liadianez yarim marafon ishtirokchisi medali bilan taqdirlanayotgan edi, deyiladi "Daryo" nashrida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 12 yoshli amerikalik qiz adashib yarim marafonni yugurib o‘tdi