1 259
DXX chegara qo‘shinlari delegatsiyasi «Tolibon» chegara qo‘mondonligi mas’ullari bilan uchrashdi
Foto: twitter.com
5 oktabr kuni Balx viloyatining Hayraton portida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining shimoliy chegarasi qo‘mondonligi mas’ullari O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar xavfsizlik holati va chegara masalalarini muhokama qilgan.
«Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki davlat chegarasi orqali xavfsizlikni yaxshilash, muammolarni hal qilish, chegara kuchlari o‘rtasida zarur muvofiqlashtirish va aloqani ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
Ayni paytda tomonlar o‘z muammolarini muloqot yo‘li bilan hal qilishga va kelajakda ehtimoliy chegara buzilishlarining oldini olishga kelishib oldi», - deyiladi bayonotda.
Ma’lum qilinishicha, afg‘on tomoni delegatsiyasiga 6-chegara brigadasi qo‘mondoni Mansur Mavlaviy, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa polkovnik Xoliq Nazar boshchilik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Aholida narxlar oshishi bo‘yicha kutilmalar qanday?
Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi?