22:59 / 07.10.2022
1 029

Qo‘shrabotda 272 mln. so‘m kredit qarzi undirildi

Qo‘shrabotda 272 mln. so‘m kredit qarzi undirildi
Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2022 yil 12 martdagi qaroriga asosan javobgar «CHORMITAN PLUS ZARMITAN» ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Milliybank” viloyat filiali foydasiga 272 mln. 191 ming so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar «CHORMITAN PLUS ZARMITAN» ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Milliybank” Urgut filiali foydasiga 272 million 191 ming so‘m kredit qarzi undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shrabotda 272 mln. so‘m kredit qarzi undirildi