09:46 / 09.10.2022
1 317

Toshkent havosi nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi

Toshkent havosi nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi
2 oktabr erta tong Toshkent havosi bir muddat nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi.

«Asosiy manba karbonat angdridning keskin oshib ketishida ko‘rindi. O‘shanda PM-2,5 mayda dispers zarrachasi ham me’yordan ortib ketdi», deya yozmoqda mutaxassis Erkin Abdulahatov.

Mediklarga ma’lumki, soch tolasidan 40 barobar kichkina deyarli ko‘rinmas PM-2,5 mayda dispers zarrachalarining havoda me’yordan ko‘p bo‘lishi kishilar nafas olganda hech qanday to‘siqlarsiz, o‘pka to‘qimalariga urilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri qon orqali yurakka yetib borish xususiyatiga ega.

Va bu tabiyki inson salomatligi uchun o‘ta xavfli jarayon ekani kundek ravshan, deyiladi meteorolog xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabrda Toshkentda kuchli chang-to‘zon yog‘ilishi va «loy qor yog‘ishi» kuzatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent havosi nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi