Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH: 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH: 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi
Foto: Telegram
Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 9 oktabr kuni YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:30 da 79-uy qarshisida haydovchilar:
- 1981 yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi 01 L 785 LB bo‘lgan Nexia-3;
- 1992 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi 10 M 666 PA bo‘lgan BMW;
- 1992 yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia-3;
- 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi 30 E 701 UA bo‘lgan Lacetti transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati sababli, voqea joyida halok bo‘ldi.

Holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar