
10 oktabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda, jumladan, Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘lida trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklanadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Davletov.uz telegram-kanali bordiyu ushbu chora o‘z samarasini bersa, kelajakda shahardagi barcha ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi haqida yozdi.
Eslatib o‘tamiz, xalq deputatlari poytaxt kengashining 16 sentyabrdagi sessiyasida Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxtning ayrim ko‘chalarida eng yuqori tezlikni 60 km/soat (hozir 70 km/soat)gacha cheklashni taklif qilgan, ammo deputatlarning bir qismi bunga qarshi chiqqan, boshqalari esa bu chora samaradorligiga shubha bildirgandi. Natijada kengash ushbu masalani ko‘rib chiqishni keyingi sessiyaga qoldirgandi.
Sessiyada ishtirok etgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Nosirov shu yilning sakkiz oyida Toshkentda 645 ta YTH sodir bo‘lgani, buning natijasida qurbonlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 720 nafardan 775 nafarga ko‘paygani, barcha baxtsiz hodisalarning qariyb yarmi — 47,9 foizi tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘lganini ta’kidlab, o‘limga olib keladigan avariyalar sonini keskin kamaytirish maqsadida Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni kamaytirishni ma’qullashni taklif qilgandi.
Biroq ushbu taklifga bir qator deputatlar keskin qarshi chiqishgan. Jumladan, deputatlar Azamat Ziyo, Murodxon Jo‘rayev, Dilshod Shoumarovlar maksimal tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilishi muammoga yechim bo‘la olmasligini ta’kidlashgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Sessiyada ko‘rilgan masala va qabul qilingan mujmal qaror ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqargandi. Ayrim foydalanuvchilargina deputatlar to‘g‘ri qarorga kelishganini aytgan, ammo bu mavzuda xorijiy tajribalarni allaqachon O‘zbekistonda ham joriy etish kerakligi haqida aytib keladigan jurnalistlar va blogerlar deputatlarning qarorini qoralagan.
Jumladan, Nikita Makarenko “O‘zbekiston rahbariyati, iltimos, kelinglar, ushbu muhim islohotni shu sharmandalar ishtirokisiz amalga oshiraylik!” deb aytgandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Toshkent ko‘chalarida tezlik limiti pasaytirish kechiktirilishi qattiq tanqidga uchragach, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi mazkur taklif rad etilmagani, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga qayta kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lum qilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil fevral oyida Samarqand shahriga qilgan tashrifida yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha pasaytirilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar