18:43 / 11.10.2022
1 262

Ekologiya qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Ekologiya qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Kollaj: Nurota tumani hokimligi / Kun.uz
Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari Umarbek Xalilov va Islombek Boqijonov ishdan olingani aytilmoqda.

Bugun Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Umar Sapayevich Ismoilov raisligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov va o‘rinbosar Islombek Boqijonov ham qatnashishi kerak edi. Ishdan olish masalasi ayni shu yig‘ilishda qilingan qaror, nazarimda.

Bugun o‘zi Umarbek akaning (Xalilov) tug‘ilgan kuni edi. Jamoa bo‘lib tabriklash uchun u kishini yig‘ilishdan kelishini kutib turgandik. Ammo Umarbek aka yig‘ilishdan qaytdi-yu, jamoaga ishdan olingani haqida ma’lum qildi.

Hozir ham davlat rahbari ishtirokida selektor bo‘lyapti. Menimcha, ikki o‘zgarish haqida selektorda rasman e’lon qilinsa kerak
”, – dedi vaziyatdan xabardor manba.

Qo‘mitaning yana bir xodimi fikriga ko‘ra, o‘rinbosarlarning ishdan olinishi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilikning ekologik muammolar borasidagi oshib borayotgan noroziliklari natijasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Umarbek Xalilov 2022 yil 25 yanvar kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. U muqaddam Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Islombek Boqijonov esa 2020 yil 17 apreldan buyon qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat