18:51 / 12.10.2022
1 109

AQSH O‘zbekistonga sanoqli davlatdagina mavjud bojxona uskunalarini taqdim qildi

AQSH O‘zbekistonga sanoqli davlatdagina mavjud bojxona uskunalarini taqdim qildi
Samarqand aeroporti chegara-bojxona postiga AQSH vakillari tomonidan radiatsiyani aniqlovchi ilg‘or uskunalar topshirildi. Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, marosimda AQSH energetika vaziri o‘rinbosari yordamchisi Kristine Bent hamda O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov ishtirok etdi.

Zamonaviy uskunalarning afzalligi shundaki, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan, ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan radiatsiyaviy moddalarni masofadan aniqlaydi. Qayd etilishicha, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi so‘nggi yutuqlarni o‘zida mujassam etgan uskunalar hozirga qadar AQSH hududidan tashqari boshqa biror mamlakatda qo‘llanmagan. Kelgusida bunday uskunalar O‘zbekistonning boshqa bojxona postlarida ham o‘rnatilishi kutilmoqda.

AQSH energetika vazirligi va O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi 2006 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. O‘tgan yillar davomida yadro xavfsizligi borasida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilgan. 2017 yilda esa vazirlik va qo‘mita o‘rtasida memorandum imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Samarqandda yadro materiallarining kontrabandasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. “S5+1” formatida tashkil qilingan anjumanda AQSH, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari qatnashmoqda. 13 oktabrga qadar davom etadigan tadbir yadro xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekistonga sanoqli davlatdagina mavjud bojxona uskunalarini taqdim qildi