date
views 1 841

«Shugina ishga 13 mlrd so‘m sarflanganiga ishonmayman». Zangiotalik deputat mas’ullar gapiga shubha qilayotganini aydi

«Shugina ishga 13 mlrd so‘m sarflanganiga ishonmayman». Zangiotalik deputat mas’ullar gapiga shubha qilayotganini aydi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mahalliy deputat Ilhom Ikromov ham so‘z olib, salkam 74 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan yerosti yo‘li qurilishiga ayni kunga qadar 13 milliard so‘m sarflanganiga ishonmasligini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda yerosti yo‘li qurilishi bilan bog‘liq axborotlarga aniqlik kiritish maqsadida matbuot anjumani tashkil qilgan.

Foto: Nozim Abdulla
Unda so‘z olgan yerosti yo‘li qurilishi buyurtmachisi — O‘zbekiston avtomobillar yo‘llari davlat qo‘mitasi vakili G‘ulom Zohidov ob’ekt uchun salkam 74 milliard so‘m mablag‘ ajratilganini, 2022 yilda shu mablag‘ning 20 milliard so‘mi berilganini, ayni kundagi ishlar uchun esa 13 milliard so‘m mablag‘ sarflanganini ma’lum qilgan.

Foto: Nozim Abdulla
Mazkur ma’lumotga munosabat bildirgan mahalliy kengash deputati Ilhom Ikromov mas’ulga yuzlanib, «Shugina ish uchun 13 milliard so‘m sarflanganiga ishonish qiyin, oddiy fuqaro ko‘zi bilan, qurilishni tushunmaydigan inson ko‘zi bilan qaralsa ham bu yerda 13 milliard so‘mlik ish qilinganiga ishonmayman», dedi. Bunga javob bergan mas’ul esa «Buni nazorat qiluvchi tashkilotlar, mas’ullar bor. Vaqti kelsa, ular buni o‘rganadi va yeb ketilgan mablag‘ bo‘lsa, albatta javobgarlikka tortadi», — dedi.

Ilhom Ikromov.
Foto: Nozim Abdulla

- "Bugungi matbuot anjumanidan unchalik ham qoniqmadim. Sababi mas’ullar savol berilsa, javob berishdan qochib, aybni bir-biriga ag‘darmoqda. Qolaversa, ayni kundagi ishlar uchun 13 milliard so‘m mablag‘ sarflangan deyishyapti. Oddiy ko‘z bilan qaralsa ham buncha mablag‘ sarflanganiga ishonish qiyin. To‘g‘ri, bu mening shaxsiy fikrim", — deydi deputat.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Shugina ishga 13 mlrd so‘m sarflanganiga ishonmayman». Zangiotalik deputat mas’ullar gapiga shubha qilayotganini aydi