10:35 / 15.10.2022
1 407

Namanganda geografiya o‘qituvchisi 5-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi

Namanganda geografiya o‘qituvchisi 5-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda geografiya fani o‘qituvchisi 5-sinf o‘quvchisini kaltaklagani aks etgan video keng tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur voqea Namanganda viloyati Davlatobod tumani 58-sonli maktabda yuz bergan.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, Namangan shahar, Davlatobod tumani XTBga qarashli 58-sonli maktabning “Geografiya” fani o‘qituvchisi E.M. 2022 yil 13 oktabr kuni soat 16:10 larda o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-B sinfiga kirib, ushbu sinf o‘quvchisi bo‘lgan 2011 yilda tug‘ilgan X.M.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, badanining turli joylariga qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat