date
views 1 092

18 mingdan ortiq standartlar majburiy tusdan ixtiyoriylikka o‘tadi

18 mingdan ortiq standartlar majburiy tusdan ixtiyoriylikka o‘tadi
Yangi qonun qabul qilinishi bilan 18 mingdan ortiq standartlar majburiy tusdan ixtiyoriylikka o‘tadi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi yangi qonun 31 ta moddadan iborat bo‘lib, standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish va ishlab chiqaruvchilarga bir qator yengilliklar berishga qaratilgan.

Shu bilan birga, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni O‘zbekistonda qo‘llash tartibi joriy etilmoqda.

Turli xil idoralar kesimida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni alohida-alohida olib borish amaliyoti bekor qilinmoqda. Standartlarni ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish, yangilash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabi jarayonlar Standartlar institutiga berilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 18 mingdan ortiq standartlar majburiy tusdan ixtiyoriylikka o‘tadi