
Davlat test markazi tomonidan 2022 yil 3-7 oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.
Bugun, 15 oktabr kuni mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ular o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bunda apellyatsiya shikoyati qabul qilingani to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellyatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Davlat Test MarkaziOliy Ta’lim VazirligiTest SinovlariKollej Va TexnikumlarAbituriyent XabarnomasiApellyatsiya Shikoyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar