1 018
Jinoyat kodeksi fuqaro bank hisobidan pulni uning roziligisiz yechib olishga oid modda bilan to‘ldiriladi

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Jinoyat kodeksi 192-12-modda bilan to‘ldiriladi. U - jismoniy va yuridik shaxslar bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ular roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslikka oid.
Jismoniy va yuridik shaxslar bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ular roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish, va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini jismoniy va yuridik shaxslar birinchi talabiga asosan qaytarmaganlik shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdori ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdori uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdori besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar