13:19 / 19.10.2022
1 448

Samarqandda «TikTok»chi 15 sutkaga qamaldi

Samarqandda «TikTok»chi 15 sutkaga qamaldi
Foto: Samarqand viloyati IIB
«TikTok»da ikki millat orasiga nifoq solmoqchi bo‘lgan shaxs 15 sutkaga qamaldi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 oktabr kuni Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, 1998 y.t. A.A. «TikTok» platformasida ochgan profili orqali qo‘shni davlat fuqarosi bilan o‘zaro «BATL» qilishi natijasida, ikkinchi tarafni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ikki millat fuqarolari orasida nifoq keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir qilgani aniqlangan.

«Ushbu so‘zlar orqali sodir etilgan janjal, taraflarning ommaviy janjali bilan yakunlanishi, ikki davlat fuqarolari orasiga nifoq solinishining oldi olindi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Samarqand shahrida yashovchi «TikTok»chiga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi», deyiladi viloyat IIB xabarida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat