date
views 1 257

Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li 57 yoshli shifokorni do‘pposladi

Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li 57 yoshli shifokorni do‘pposladi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 14 oktabr kuni kechki payt G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga 1970 yilda tug‘ilgan bemor olib kelingan. Unga gipertoniya tashxisi qo‘yilib, tezkor tibbiy yordamga kirishilgan.

Soat 21:00 larda davo muolajalari davom etayotgan paytda jarayonga xalaqit berayotgan bemorning 25 yoshlar atrofidagi o‘g‘li va shifokor To‘lqin Hamroyev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va bemorning o‘g‘li shifokorni do‘pposlagan.

Oqibatda, shifokor “kalla va bosh miya shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, burun suyagining ochiq sinishi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jag‘ o‘ngdan qoziq tishning travmatik sinishi, ikkala qovoq- burun asosi gematomalari” tashxisi bilan travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat SSB holatni o‘z nazoratiga olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li 57 yoshli shifokorni do‘pposladi