00:45 / 21.10.2022
1 091

O‘zbekistonda otalarning necha foizi farzandlarining ta’lim jarayonida ishtirok etishi aniqlandi

O‘zbekistonda otalarning necha foizi farzandlarining ta’lim jarayonida ishtirok etishi aniqlandi
O‘zbekistonda faqatgina 5 foiz otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMT xalqaro bolalar jamg‘armasi — YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan «Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari» mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishida axborot berildi.

Kuzatuv YUNISЕF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi bo‘lib, asosan, bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada taqqoslash imkonini beruvchi ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘iladi, shu o‘rinda, onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi hisoblanadi.

MICS kuzatuvlari 1995 yildan boshlab 2022 yilga qadar dunyo mamlakatlari o‘rtasida 118 ta davlatda 349 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekistonda esa uchinchi bor tashkil etildi. O‘zbekistonda MICS kuzatuvi tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida joyiga chiqqan holda respondentlar bilan suhbatlashish orqali yig‘ildi.

MICS natijalari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlar joriy yilning noyabr–dekabr oylarida Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz) hamda YUNISЕFning (www.mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtiriladi.

MICS kuzatuvi natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 40 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola bor. Ortiqcha vaznli bolalar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy sonining 5 foizidan kamrog‘ini tashkil qiladi (o‘g‘il bolalar orasida 5 foiz va qizlar orasida 4 foiz).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat