“Qayerda gapirayotganingizni, o‘rningizni biling!” — Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh berdi

2 daqiqa o'qish2.4K
“Qayerda gapirayotganingizni, o‘rningizni biling!” — Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh berdi
Bugun, 25 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Majlisda Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Jumanovdan kiritilayotgan o‘zgarishlar borasidagi munosabatini so‘radi.

“Biz budjet mablag‘lari ajratilgan jamg‘armalarni tekshiramiz. Lekin topshiriq bo‘ladigan bo‘lsa, hammasini tekshirishga haqqimiz bor. Topshiriqning esa bizga kim tomonidan berilishini juda yaxshi bilasiz”, dedi Jumanov ko‘rsatkich barmog‘i bilan yuqoriga ishora qilarkan.

Bunga javoban Akmal Saidov: “Topshiriq qonun asosida bo‘ladimi yoki...” deya so‘radi. O‘tkir Jumanovdan qonun asosida degan javobni eshitgach, uning so‘zlarini to‘g‘riladi: “Shunday deng-da, qonun asosida beriladigan topshiriqni bajaramiz, deng”.

Akmal Saidov so‘zida davom etdi: “Sizlar nodavlat-notijorat tashkilotlar huzuridagi fondlarni ham tekshirasizlarmi? Masalan, parlament huzurida Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bor. Ularni ham tekshirasizlarmi?”

“Agar topshiriq bo‘lsa, ha”, dedi Jumanov.

“Qaysi asosda tekshirasizlar? Topshiriq... To‘xtang! Bu yerda o‘tirgan 120ta deputat tushunmaydi deyapsizmi? Sizlar, nima, ertaga jamoat fondini ham tekshirasizlarmi? Nima demoqchi ekaningizni bilib turibman. Qonun bo‘yicha ayting. Men boshida aytdim: Hisob palatasining vazifasi bitta – davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Undan boshqa hech narsaga burningizni tiqishga haqqingiz yo‘q.

Fuqarolik jamiyati vakillari yoki xususiy tashkilotlar jamg‘arma tashkil qilishi mumkin. Sizlar topshiriqni bajaramiz, deysizlar. Qonunni bilasizlarmi o‘zi? Qayerda gapirayotganingizni biling, o‘rningizni! Bu yerni Qonunchilik palatasi deb qo‘yibdi! Sizlar haqingizdagi qonunni ham mana shu yerda qabul qilganmiz
”, dedi Saidov.

Ma’lumot uchun, “Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, mazkur tashkilot jamg‘armalarni nazorat qilish bo‘yicha quyidagi funksiyalarga ega:
  • budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganish hamda nazorat qilish;
  • budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish;
  • budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash va boshqalar.

25 oktabr kungi yalpi majlisda ko‘rilgan Hisob palatasiga oid qonun loyihasi qabul qilinmasdan, qayta ishlash uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Qonun loyihasida Hisob palatasiga davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik hamda budjet tashkilotlarida mol-mulkni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish nazarda tutilgandi.

Bundan tashqari, hujjatda Hisob palatasi tomonidan taftish, tekshirish va o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi nazarda tutilib, ularning farqli tomonlari aks ettirilgandi. Shuningdek, palata moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish qoidalari belgilangan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?