
Kecha “Butun jahon qorilar musobaqasi”ning uch karra g‘olibi, qiroati audio kassetalarga birinchi yozilgan inson, Misr qorilar uyushmasining ilk prezidenti, “Jannatdan kelgan ovoz egasi” va “Makka ovozi”, deb baho berilgan Abdulbosit qori Abdussamad rahimahullohning o‘g‘li Shayx Yosir Abdulbosit yurtimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi.
Shayx Yosir Abdulbosit o‘g‘lining diyorimizga tashrifi davomida muborak qadamjolar, diniy ta’lim muassasalari, jome masjidlarga ziyoratlari rejalashtirilgan va ulamolar bilan muloqotlar qilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida, mashhur Shayx Abdulbosit Abdussamadning 11 nafar – 7 o‘g‘il va 4 qiz farzandi bo‘lgan. Shayx Yosir mazkur qur’oniy oilaning o‘ninchisi, ya’ni o‘g‘il farzandlarning eng kenjasi hisoblanadi.
Shayx Yosir Qur’on ta’limini otasi Shayx Abdulbositdan olgan. U Qur’oni karim qiroatiga to‘liq vaqt ajratish maqsadida turli mehnat faoliyatlarini tugatgan. Hozirda Qur’oni karim qiroatlari va tajvidi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar