21:05 / 26.10.2022
1 549

Xorazmda tadbirkorning 3,4 mlrd. so‘mlik qarzi evaziga binosi xatlandi

Xorazmda tadbirkorning 3,4 mlrd. so‘mlik qarzi evaziga binosi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 17.01.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar «U.D.» MCHJ, sherik javobgarlar «U.O.Q.» MCHJ, «B.Sh.A» MCHJlardan solidar tartibda undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» Xorazm mintaqaviy filiali foydasiga asosiy kreditdan 2.990.000.000 so‘m, kreditga hisoblangan foizdan 434.636.000 so‘m, jami 3.424.636.000 so‘m va 18.900 so‘m pochta xarajati undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Sud hujjatiga asosan Byuroning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmaganligi sababli mazkur ijro ishi yuzasidan garov mulki bo‘lgan sherik javobgar “B.Sh.A.” MCHJga tegishli bo‘lgan Xonqa tumanida joylashgan umumiy yer maydoni 2.000 kv.m., qurilish osti maydoni 741 kv.m. bo‘lgan 1 qavatdan iborat omborxona binosi ro‘yxatga olinib, xatlandi. Hozirda xatlangan mulkni “e-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat