21:23 / 27.10.2022
1 236

Bola onasining bag‘riga qaytdi

Bola onasining bag‘riga qaytdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 04.10.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan 2020 yil 24 fevral kuni tug‘ilgan N.Abduraximovni javobgar A.Umirzakovdan da’vogar J.Xoshimovaga qaramog‘iga olib berish belgilangan.

Sud tomonidan jo‘natilgan ijro varaqasi 2022 yil 5 oktabr kuni Byuroning Oqoltin tumani ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ish qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro ishi bo‘yicha javobgar taraf ogohlantirilgan va ixtiyoriy muddat berilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida javobgar A.Umirzakovdan 2020 yil 24 fevral kuni tug‘ilgan farzandi N.Abduraximov da’vogar onasi J.Xoshimovaga qaramog‘iga olib berilishi ta’minlandi va jarayondagi ijro ishi amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat