date
views 1 399

Yevropaning yirik aviatashuvchisi O‘zbekiston bozoriga kiradi

Yevropaning yirik aviatashuvchisi O‘zbekiston bozoriga kiradi
Foto: Reuters
O‘zbekistonning Vengriyadagi (qarorgohi Venada) elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida Wizz Air aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda Wizz Air aviakompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi hamda Yevropa mamlakatlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Joriy yil 13 dekabrdan Wizz Air Abu-Dhabi aviakompaniyasi «Abu-Dabi – Samarqand» yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshira boshlashi qayd etildi.

Aviakompaniya uchun Vengriya va O‘zbekistonning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish strategik maqsadlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Muzokara davomida noyabr oyida Wizz Air bosh ijrochi direktori Yojef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga amaliy safarini tashkil etish va O‘zbekistonning vakolatli idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Wizz Air ekspertlar delegatsiyasining joriy yil noyabr oyida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi Vengriya delegatsiyasi tarkibida Samarqand shahriga borishi va u yerda tashkil etiladigan biznes-forumda ishtirok etishi masalalari ham muhokama qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yevropaning yirik aviatashuvchisi O‘zbekiston bozoriga kiradi