
Majburiy ijro byursi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi ish yurituviga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining 2022 yil 23-sentyabr kungi qaroriga asosan, "E.E.LTD” korxonasidan 13 mlrd. 202,4 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati 23 sentyabr kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning bank xisob raqamlariga inkassa topshiriqnomalari qo‘yilgan va qarzdorlikni uzish uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdor, "E.E.LTD” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 28 sentyabr kuni belgilangan 13 mlrd. 202,4 mln. so‘m soliq qarzdorligi to‘lig‘i bilan to‘lanib berilgan va ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41 moddasiga asosan amalda undirib tamomlandi.
Majburiy IjroQo‘ng‘irot TumaniSoliq QarzdorligiE.E.LTD KorxonasiDavlat SoliqIjro Hujjatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar