date
views 1 196

Buxoroda arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq beradigan markaz ochildi

Buxoroda arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq beradigan markaz ochildi

Buxoroda o‘tkazilayotgan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “Al-manar” markazi ochildi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, markazda arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq beriladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Qur’oni karimning O‘zbekistonda saqlanayotgan 50 ga yaqin qadimiy nusxalari bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan tayyorlangan 10 dan ortiq to‘plam namoyish etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda arab tili va islom xattotlik san’atidan saboq beradigan markaz ochildi