
O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan uchrashuvi doirasida bir qator hujjatlar imzolandi.
Jumladan:
— O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma;
— Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitim;
— O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va boshqalar.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘ladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 10 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston 4485 gektar, Qirg‘iziston esa 19699 gektar yer olganini ma’lum qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar