
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Samarqand viloyati Toyloq tumanida qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro F.Q. (muqaddam sudlangan) fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uning otasi R.ga nisbatan tuman IIB tergovchisi tomonidan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini go‘yoki IIBda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali o‘zgartirib berish evaziga 2 800 dollarni qo‘lga kiritgani aniqlangan. Shundan 1 000 dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
SamarqandToyloq tumaniQamoq ehtiyot choraIqtisodiy jinoyatlarJinoyat kodeksiPora berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar