10:55 / 16.11.2022
1 312

Qashqadaryoda hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi qamoqqa olindi
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, «Beshqo‘ton» mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan A.T. bir guruh tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida A.T.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat