19:28 / 18.11.2022
1 537

Samarqandda ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi

Samarqandda ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi
Darg‘om kanali
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 noyabr kuni Samarqand tumani Jarqishloq mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Q.A. qaynonasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga jahl qilib, 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga o‘zini Darg‘om kanaliga tashlagan.

Ular kanalda oqib ketayotganida Samarqand tumani Yangiariq mahallasida joylashgan oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur ayanchli hodisa viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilingan.

Muhokama davomida mahalla mutasaddilari faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, xonadonbay ishlash, nizoli, janjalli xonadonlar, turmush o‘rtog‘i xorijda bo‘lgan oilalar bilan muntazam suhbatlar olib borish, nazoratni yo‘lga qo‘yish borasida tushunchalar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi