19:32 / 18.11.2022
1 275

Zarbdorda 1 mlrd. 444 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi

Zarbdorda 1 mlrd. 444 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi
Jumladan, Jizzax davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor “Zarbdor tekstil MCHJ”dan undiruvchi Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasiga foydasiga jami 1 mlrd. 444 mln.so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuboriladi.

Qarzdor tomonidan ijro xujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik so‘mmasi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor “Zarbdor tekstil” MCHJ tomonidan undiruvchi Jizzax davlat soliq boshqarmasi foydasiga jami 1.446.980.110 so‘m to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishdan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarbdorda 1 mlrd. 444 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi