
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda qishloq aholisi asfaltsiz loyli yo‘llardan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sib olgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Jarqo‘rg‘on tumani markaziga olib boruvchi 4R-100b avtomobil yo‘lining 0-11-kilometr qismi tasvirlangan. Mazkur yo‘l yuk ko‘tarish qobiliyati bir o‘qqa tushadigan tegishli me’yordan og‘ir bo‘lgan yuk mashinalarining muntazam ravishda harakatlanishi oqibatida ta’mirtalab holatga kelib qolgan.
«Hozirda Jarqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bor kuch va vositalarni ishga solgan holda birinchi navbatda ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan. Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari aholi vakillari bilan uchrashib, 4R-100b avtomobil yo‘lining 0-11-kilometr qismini ta’mirlash ishlari 2023 yil 1-choragida amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi», deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar