
Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, viloyat IIBga 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilayotgan qizga chora ko‘rishni so‘ragan.
U arizasiga ko‘ra, Telegram'dagi tanishuv guruhlarida "Charos" ismli qiz bilan tanishib, keyinchalik u bilan yaqin munosabatda bo‘lib, dugona kirishgan. "Charos"ga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan fotosuratlarini jo‘natgan.
Shundan so‘ng "Charos" u yuborgan rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, fuqarodan 15 million so‘m berishni talab qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, o‘zini "Charos" deb tanishtirgan foydalanuvchi aslida yigit bo‘lib, u muqaddam Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi bilan sudlangan, Sirdaryo tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan T.B. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing