
Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Farg‘ona viloyat DSIning 26.04.2022 yil kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor "Farg‘ona Sifatli Yo‘l Ta’mir Servis" MCHJdan undiruvchi Farg‘ona viloyat DSI foydasiga 109 mln. so‘m soliq qarzini undirish belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi bois, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 19.11.2022 yil kuni MCHJga tegishli bo‘lgan mulki “Sinotric” rusumli yuk avtotransport vositasi xatlandi.
Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolarga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar