
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT park binosida 23 noyabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 11:12 da Shahriobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:25 da o‘chirilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 23, 2022
Yong‘in natijasida 24 qavatli qurilishi tugallanmagan IT park binosining 21-qavatida taxminan 5 kvadrat metr maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida qo‘shni binolarga zarar yetmagan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 23, 2022
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
IT ParkYong‘in Sodir Bo‘ldiToshkent ShahriMirzo Ulug‘bek TumaniFVV XabariYong‘in-Qutqaruv Ekipaji O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar