
Oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi, unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi.
Byuroning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha "Dolzarb haftalik" tadbirida olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi va qarzdorlar bilan suhbat asnosida tushuntirishlar sabab, joriy yilning noyabr oyida o‘nlab oilalarni yarashtirilishiga erishildi.
Shuningdek, FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 03.11.2022 yildagi qaroriga asosan T.N.dan undiruvchi T.N. foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha byuro tomonidan olib borilgan suhbatlar va tushuntirishlar natijasida 23.11.2022 yil kuni taraflarlar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlar ota onasini bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar