
Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlar o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi. Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ular kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Oleg Malginovga millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishonini topshirdi.
O‘zbekiston Tashqi IshlarVladimir NorovRossiyaning ElchisiXalqaro HamkorlikStrategik SheriklikIqtisodiy Diplomatiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar