
G. Uralova ne-ne orzu-umidlar bilan turmushga chiqdi. Ammo ne bo‘ldiki, oiladagi kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i bilan birga yashay olmadi. Qiz ota uyiga qaytdi. O‘zi bilan yaxshi niyatlarda olib kelgan sarpolariyu, mulklarini ham olib ketmoqchi bo‘ldiyu, qarshilik ko‘rsatilgach olib ketolmadi. Shu sababli, mol-mulklarini turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berish uchun sudga murojaat qildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 5.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Norboyevdan G.Uralovaning foydasiga 48 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilandi.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Qamashi tuan bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 4 noyabr kuni kelib tushdi. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida joriy yilning 16 noyabr kuni undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berildi va ijro hujjatining ijrosi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar