21:31 / 28.11.2022
1 377

Hazorasp tumanida YTH oqibatida yetkazilgan 51 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi

Hazorasp tumanida YTH oqibatida yetkazilgan 51 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi
Joriy yilning 31 may kuni haydovchi Q.B. “Kobalt” rusumli avtomashinasida Hazorasp tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 107-bandi talablariga rioya qilmasdan, xaydovchi S.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobiliga urilgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudi tomonidan Q.B. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan hamda huquqbuzar Q.B.dan yetkazilgan 51.375.000 so‘m moddiy zarar jabrlanuvchi S.R. foydasiga undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi ish yurituviga 15.11.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar shaxsdan yuqorida ko‘rsatilgan jami 51.375.000 so‘m zarar pullari to‘liq undirilib, da’vogar shaxsga topshirilishi ta’minlandi va ijro ishi tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat