18:00 / 29.11.2022
1 454

Katta o‘g‘il otasiga achchiq qilib otxonaga o‘t qo‘ydi

Katta o‘g‘il otasiga achchiq qilib otxonaga o‘t qo‘ydi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qangli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.A. tumanning Nurafshon mahallasida yashovchi otasi A.J.ning qaroridan xafa bo‘ldi.

Qayd etilishicha, otasi Yoyilma mahallasi hududidagi otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini ukasi A.S.ga bergan.

Mol-mulk noto‘g‘ri taqsimlandi, deb hisoblagan S.A. «na senga, na menga» qabilida ish tutib otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan. Oqibatda qiymati 102 million so‘mlik 17 bosh toy hamda bozor narxi 145 million 700 ming so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat