
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan tuman kadastr bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Mustaqillik» MFYdagi «B.J» fermer xo‘jaligiga «Paxta-g‘allachilik» va «Chorvachilik-bog‘dorchilik» yo‘nalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Chiroqchi TumaniMustaqillik MFYFermer Xo‘jaligiPaxta-g‘allachilikChorvachilik-bog‘dorchilikJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar