
Samarqanddagi manzil-koloniyaga tegishli yerda bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan ikki mahbus o‘zaro janjallashib qolib, biri ikkinchisini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyasiga qarashli dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yer maydoniga mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan.
6 dekabr kuni soat 18:20 larda mahkum B.Q. o‘zaro janjallashish oqibatida mahkum U.E. ga tan jarohatlari yetkazga. Oqibatda mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.