
Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda umumiy quvvati 4100 MVt bo‘lgan 5 ta — 2600 MVt quvvatli 4 ta shamol va 1500 MVt quvvatga ega 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Xususan:
- Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
- Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Taqqoslash uchun: 4100 MVt quvvat O‘zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 23 foizini tashkil qiladi.
Saudiya ArabistoniACWA PowerO‘zbekistonShamol StansiyalariIssiqlik Elektr StansiyasiQuvvatli Stansiyalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar