10:17 / 11.12.2022
1 036

Noyabr oyida meva-sabzavotlar narxi qanday o‘zgardi?

Noyabr oyida meva-sabzavotlar narxi qanday o‘zgardi?
2022 yilning noyabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining oktabr oyiga nisbatan o‘zgarish ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Bir oy ichida quyidagi meva-sabzavotlarning narxi oshgan:
Olma — 1,9 foizga;
Nok — 2,5 foizga;
Shaftoli — 1,9 foizga;
Uzum — 4,5 foizga;
Banan — 3,3 foizga;
Tarvuz — 6 foizga;
Qovun — 3,2 foizga;
Bodring — 75 foizga;
Pomidor — 24 foizga;
Sabzi — 5,8 foizga;
Kartoshka — 2,2 foizga;
Piyoz — 11,1 foizga oshgan.

Ayrim sabzavotlarning esa narxi tushgan:
Sholg‘om — 2,3 foizga;
Turp – 2,1 foizga;
Limon — 18,8 foizga arzonlashgan.

Bundan tashqari, mandarin narxlari ham tushib bormoqda. Ayni paytda Pokiston mandarinini chakana savdoda 13 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Bozorlarda ulgurji narx bir kilogramm meva uchun 11 ming so‘mdan past.

Pokiston mandarinining bozorlarga kirib kelishi barcha turdagi sitrus mevalari va birinchi navbatda mandarinlar narxining pasayishiga olib keldi.

Bungacha ularning chakana narxi kilogrammi uchun 40-50 minggacha yetgan. Ular O‘zbekistonga Xitoy, Turkiya, Eron kabi davlatlar tomonidan yetkazib berilgan.

Ayni paytda boshqa mamlakatlardan import qilingan mandarinlar narxi kilogrammi uchun 20 mingdan pastga tushib ketgan. Bu esa Pokistondan mandarin yetkazib berish kamaygunicha Xitoy, Eron va Turkiyadan importning to‘liq to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin.

2021 yilda O‘zbekiston rekord hajmdagi — 35,3 ming tonna mandarin import qilgan, shundan 68 foizi Pokistondan olib kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noyabr oyida meva-sabzavotlar narxi qanday o‘zgardi?