
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 20.09.2022 yildagi qarzdor J.M.ning to‘lanmagan 20 mln 103 ming so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorligini “FAST FINANCING SERVIS” mikrokredit tashkiloti foydasiga undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatigi asosan undiruvni fuqaro A.B.ga tegishli bo‘lgan “Lada Largus” rusumli transport vositasiga qaratish belgilangan.
Sudning mazkur hujjati Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga 21.11.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro A.B.ga tegishli “Lada Largus” rusumli transport vositasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.
Hozirda mazkur transport vositasini “e-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar