10:10 / 12.12.2022
1 078

Angren neft bazasidan 11,5 ming litr benzin sizib chiqdi

Angren neft bazasidan 11,5 ming litr benzin sizib chiqdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar, odamlar sizib chiqayotgan neftni idishlarga quyib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan korxona boshlig‘i D.Azimov munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angren neft bazasi hududida 5000 metr kub hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz berdi.

Natijada sig‘imda bo‘lgan AI-80 benzin yoqilg‘i mahsuloti (11 500 litr) to‘kilgan. Yoqilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan soat 14:00 da tashqariga sizib chiqqan.

«Sodir bo‘lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida, soat 20:45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan», — deya uning so‘zlarini keltirgan Angren shahar hokimligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angren neft bazasidan 11,5 ming litr benzin sizib chiqdi