
Foto: Dunyo
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSH elchisi Jonatan Devid Xannik bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Amerika muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Elchi O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga yuksak baho berdi. Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalasida O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Afg‘onistonda milliy yarashuvga imkon qadar tezroq erishish, mamlakat yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini bajarish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar