19:29 / 12.12.2022
2 070

Bo‘lajak bog‘cha mudiri sobiq rahbarning yaqinlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Bo‘lajak bog‘cha mudiri sobiq rahbarning yaqinlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
Kadr/ Bugun.uz
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, 10 dekabr kuni soat taxminan 10:20 larda Mirishkor tumani «Yangi ariq» MFYda joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan direktor tayinlash yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shu munosabat bilan 12-DMTTga «Jeynov» MFYda yashovchi fuqarolar ham kelganda maktabgacha ta’lim tashkilotining sobiq direktori A.Sh.ning qon bosimi ko‘tarilib ketib, sog‘ligi yomonlashgan.

Ushbu jarayonda o‘rtadagi tushunmovchilik sabab fuqaro A.N. A.Sh.ni itarib yiqitib yuborgan. Holat bo‘yicha xabar 2022 yilning 10 dekabr kuni Mirishkor tuman IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan, deyiladi IIB ma’lumotida.

Hozirda Mirishkor tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat