12:15 / 13.12.2022
1 115

Andijonda 2ta MCHJ 2,1 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘rincha ishlatib kelganligi aniqlandi

Andijonda 2ta MCHJ 2,1 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘rincha ishlatib kelganligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti Andijon shahar bo‘limi mansabdor shaxslari xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida, «E.b.» va «M.M.» MCHJlar tomonidan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.E.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tabiiy gaz sarfini hisoblash uskunasi tekshirish metodikasi talablariga javob bermasligi, bosim kanalidagi ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri ishlab kelganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 2ta MCHJ 2,1 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘rincha ishlatib kelganligi aniqlandi